Indoneziyaning Sulavesi orolida yuz bergan zilzila va sunami oqibatida kamida 48 kishi halok bo‘lgan. Bu haqda mahalliy rasmiylarga tayanib, Meduza xabar bermoqda.
Reuters agentligining yozishicha, to‘lqinlar yopirilgan payt Palu shahridagi sohilda bo‘lgan yuzlab odamlar bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.
7,5 magnitudali zilziladan so‘ng Palu shahriga sunami yopirildi. Rasmiylar sunami xavfi haqidagi ogohlantirishni bekor qilishi bilan sunami yuz bergani aytilmoqda.
Izoh (0)