Amerikaning Florida shtatida yengil motorli samolyotning halokatga uchrashi oqibatida ikki kishi jarohat oldi. Bu haqda Fox News’ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, noxush hodisa Polk okrugida sodir bo‘lgan.
Ta’kidlanishicha, jarohat olganlarning ikkisi ham shifoxonaga yetqazilgan. Ayni vaqtda esa AQSh fuqarolik aviatsiyasi federal boshqarmasi ekspertlari sodir bo‘lgan hodisa yuzasida surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
Izoh (0)