• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Iqtisodiyot universiteti rektori: O‘quv sifatini oshirish maqsadida 25 ta xorijiy mamlakatdan 40 dan ziyod olimlar jalb etildi

    Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori, iqtisod fanlari doktori, professor Bahodir Xodiyev O‘zA muxbiriga bergan intervyusida oliy ta‘lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, uning ahamiyati, xalqaro hamkorlik, pedagoglarga ko‘rsatilayotgan e‘zoz va ehtirom haqida so‘zlab berdi.

    Foto: UzDaily

    Foto: UzDaily
    Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi oliy ta‘lim tizimida xalqaro hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan ‘Oliy ta‘lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida’gi hamda ‘Oliy ta‘lim muassasalarida ta‘lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta‘minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar’ to‘g‘risidagi qarorlari bugungi kunda O‘zbekiston oliy ta‘lim tizimida keng qamrovli xalqaro aloqalar rivojlanishida ijobiy samaralarini bermoqda.

    Mazkur qarorlar ijrosini ta‘minlash maqsadida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tub o‘zgarishlar bo‘ldi. Hozirgi kunda yuzdan ortiq xalqaro universitetlar bilan o‘zaro hamkorlik shartnomalari imzolangan, bularga dunyoning har bir burchagidan: AQSh, G‘arbiy va Sharqiy Yevropa, Rossiya Federatsiyasi, O‘rta va Markaziy Osiyo, Avstraliya mamlakatlari universitetlari kiradi.

    Bundan tashqari, xalqaro universitetlar bilan qo‘shma diplomlarni joriy etish bo‘yicha shu yildan Rossiya Federatsiyasining Ural davlat iqtisodiyot universiteti bilan hamkorlikka erishildi. Bunga qo‘shimcha qilib, ta‘lim muassasamizda 2018—2019-o‘quv yilidan boshlab bakalavr darajasining qo‘shma diplomini berish uchun ‘Eksportga yo‘naltirilgan menejment’, ‘Turizm va dam olish menejmenti’ yo‘nalishlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

    Har yili yuzga yaqin universitet talabalari o‘zaro hamkorlik va talabalar almashinuvi dasturi bo‘yicha: Janubiy Koreya, Yaponiya, Xitoy Xalq Respublikasi, Germaniya, Polsha va Bolgariya oliy ta‘lim muassasalariga bir semestr o‘qish uchun yuborilmoqda. Bu talabalarimizga mutaxassisligi bo‘yicha til ko‘nikmalarini egallashi uchun keng imkoniyat yaratadi. Shuningdek, ularning dunyoqarashi kengayishiga, kelajakda to‘g‘ri yo‘lni tanlab, bilimini oshirib, olgan ko‘nikmalarini amaliyotga tatbiq etishida muhim ahamiyat kasb etadi.

    Universitet ‘Erasmus plyus’ dasturi asosida Yevropa Ittifoqidagi universitetlar bilan hamkorlikda faoliyat olib bormoqda. Bunda dasturning kredit almashinuvi, ‘Kapasiti bilding’ va ‘Jan Mone’ loyihalarida ishtirok etib universitet g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Hozirda universitet Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda bir qator loyihalar ustida hamkorlik olib boryapti. Ushbu hamkorliklar, albatta, universitet va O‘zbekiston kelajagi uchun o‘z ijobiy samarasini berishiga ishonamiz.

    Xalqaro universitet professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda seminar-treninglar, hamkorlik loyihalari, tanlovlar o‘tkazish yaxshi an‘anaga aylangan. Moddiy-texnik jihatdan to‘la ta‘minlangan, eng so‘nggi zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlangan auditoriya va konferensiya zallari talabalarning bilim olishiga qulaylik, pedagoglar ish faoliyatida esa yengillik yaratadi.

    Kadrlar masalasi davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilangan. Shu bois yetuk mutaxassislarni tayyorlash, sohaga malakali mutaxassislarni yetkazib berishda universitetda 397 nafar professor-o‘qituvchi fidoyilik bilan faoliyat olib bormoqda. Ularning 40 nafari fan doktori, 113 nafari fan nomzodi va 14 nafari iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)dir. Ilmiy salohiyat mazkur o‘quv yilida 42 foizni tashkil etmoqda.

    Hozirda universitetda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi ‘Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida’gi qarori bo‘yicha tayanch doktorantlar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar hamda professor-o‘qituvchilarning dissertatsiyalarni tayyorlash mexanizmi tubdan qayta ko‘rib chiqildi. Ular uchun muntazam ravishda ilmiy-uslubiy seminarlar tashkil etilmoqda. Xorijiy jurnallarda ilmiy maqolalarni chop etishning usul va vositalarini o‘rganishga qaratilgan treninglar, shuningdek, jahon ilmiy jurnallaridagi maqolalarni o‘qish, ularni yuklab olish, tahlil qilish bilan bog‘liq tadbirlar rejali tarzda amalga oshirilmoqda. Bularning natijasida joriy yilning shu davrigacha jami 3 ta doktorlik dissertatsiya ishi (DSc) va 17 ta iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi tashkil etildi. Bu esa universitet ilmiy salohiyatining yanada ko‘tarilishida ahamiyatlidir.

    Endilikda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi hamda Davlat test markazining qo‘shma qarori bilan har yili xalqaro tashkilotlarning oliy ta‘lim muassasalari reytingida 500 talik ro‘yxatga kiritilgan, ro‘yxati tasdiqlanadigan ta‘lim muassasalari bitiruvchilarining ta‘lim to‘g‘risidagi hujjatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) nostrifikatsiya qilinadi. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 3-apreldagi qarori bilan ‘Xorijiy davlatlarda ta‘lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) tartibi to‘g‘risida’gi Nizomga o‘zgartish kiritilib, shunday tartib joriy etildi. Bu esa o‘z navbatida oliy ta‘lim muassasalari o‘rtasida raqobatni yanada kuchaytirib, kadrlar tayyorlash tizimida qator o‘zgarishlarga olib keladi.

    Davlat ta‘lim standarti, malaka talablari, o‘quv reja va o‘quv fan dasturlarga muvofiq o‘qitish sifatini ta‘minlash, o‘quv jarayonini kadrlar iste‘molchilarining takliflarini inobatga olgan holda tashkil etish muhim masalalardan biridir. Ayni jarayon hamisha diqqat markazimizda.

    Prezidentimizning 2016-yil 30-dekabr kuni mamlakatimizning yetakchi ilm-fan namoyandalari bilan uchrashuvida fan, ta‘lim va ishlab chiqarish integratsiyasini yanada takomillashtirish borasida belgilab bergan ustuvor yo‘nalishlari ijrosini ta‘minlash maqsadida universitetda 43 ta – vazirlik, qo‘mita, tashkilot va korxonalar bilan hamkorlik shartnomalari imzolangan va innovatsion-korporativ hamkorlik samarali yo‘lga qo‘yilgan.

    Ushbu hamkorlik sohani rivojlantirishga xizmat qiluvchi taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish maqsadida universitet professor-o‘qituvchilari stajirovkalarga yuborilmoqda. Shu jarayonda vazirlik, qo‘mita, tashkilot va korxonalar bilan xo‘jalik shartnomalari imzolanib, shu orqali universitet hisob-raqamiga kelib tushgan pulning 75 foizi o‘sha jarayonda faol ishtirok etgan pedagoglarga oylik tariqasida berilmoqda.

    Bundan tashqari, professor-o‘qituvchilar stajirovka jarayonida nazariy bilim va ko‘nikmalarga ham ega bo‘lmoqda.

    Universitetimizda o‘quv jarayoni 5 fakultet va magistratura bo‘limida tashkil etilgan. O‘quv mashg‘ulotlarini olib borishda 24 kafedra faoliyat yuritadi. 22 ta‘lim yo‘nalishi va 25 magistratura mutaxassisligida 5 ming 422 yigit-qiz ilm olmoqda. Ularning 4 ming 837 nafari bakalavriat, 585 nafari magistratura bosqichida tahsil olayotir. Iqtisodiyot, Menejment, Marketing, Bank ishi, Buxgalteriya hisobi va audit kabi yo‘nalishlar bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda. 2018—2019- o‘quv yilida Sug‘urta ishi, Mintaqaviy iqtisodiyot, Iqtisodiy xavfsizlik, Biznes informatika yangi yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.

    O‘quv mashg‘ulotlarini yuqori saviyada o‘tkazish uchun barcha moddiy-texnika bazasi mavjud. Jami mavjud 212 auditoriya 95 foizga axborot texnologiyalari vositalari bilan jihozlangan, shu jumladan, 27 kompyuter sinfi, 4 lingofon xonasida xorijiy tillarni o‘rganish uchun imkoniyatlar yaratilgan. Ilm-fanning so‘nggi yutuqlari asosida ‘Aqlli auditoriya’, ‘Innovatsion bank o‘quv xonasi’, ‘Xalq banki o‘quv xonasi’, ‘PKF MAK ALYANS’ xalqaro auditorlik tashkiloti o‘quv xonasi, Turizm va servis kafedrasining o‘quv amaliy markazi mehmonxona va restoran servisi bo‘yicha maxsus jihozlangan auditoriyalari, ‘Ochiq osmon ostidagi muzey’ majmuasida mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Bepul internet, mingdan ziyod kompyuterlar talabalar ixtiyorida.

    2019-yildan boshlab Vebster universiteti bilan yangi mutaxassisliklar bo‘yicha magistrlarni tayyorlash ishlari boshlanadi. O‘quv sifatini oshirish maqsadida 25 xorijiy mamlakatdan qirqdan ziyod olimlar jalb etildi. Ular ham yigit-qizlarimiz uchun ustoz hisoblanadi. Talabalarimiz ularni hurmat qiladi.

    Ustoz, murabbiy, o‘qituvchi, muallim... Ta‘lim-tarbiya bergan insonni shu kabi so‘zlar bilan ulug‘laymiz. U xoh maktab, xoh o‘rta maxsus ta‘lim muassasasi, xoh oliy ta‘lim bo‘lsin biz ularni hurmatlaymiz, qadrlaymiz.

    Shunday ekan, yurtimiz uchun qilayotgan mehnatimiz qadrlanayotgani, shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilib, e‘tirof etilayotganimizning o‘zi katta gap. Bu ish faoliyatimiz, yigit-qizlarga ta‘lim berish davomida yanada ko‘proq kuch va jasorat bilan mehnat qilishimizga olib keladi.

    Bahodir Xodiyev, Iqtisodiyot univeristeti rektori

    28.09.2018, 13:23   Izoh (0)   10745
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijonda katta miqdordagi dollarni so‘mga almashtirayotgan shaxslar qo‘lga olindi

    28.09.2018, 12:53

    Dushanbeda MDH sammiti boshlandi

    28.09.2018, 12:50

    Bosh vazir o‘rinbosari – moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorovga parlament so‘rovi yuborildi 

    28.09.2018, 12:39

    Panasonic kompaniyasi “O‘zbekiston havo yo‘llari” bilan bitim tuzganligini e’lon qildi

    28.09.2018, 12:10

    Niderlandiya kompaniyasi O‘zbekistonda o‘z mualliflik huquqlarini himoya qilish uchun 2 yil vaqt sarfladi

    28.09.2018, 11:55

    Majburiy ijro byurosi so‘nggi 15 oy ichida qariyb 22 trln so‘m qarzdorlikni undirdi

    28.09.2018, 11:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi

     

    Tavsiya etamiz

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
    Audio Icon

    Isroil va Eron mojarosi: sabablari, xronologiyasi, oqibatlari (foto, video)

    14 iyun, 16:36

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qashqadaryoda joniga qasd qilish uchun o‘zini kanalga tashlagan fuqaroni ichki ishlar xodimi qutqardi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 23:06

    Superliga. “Paxtakor” “Bunyodkor” bilan, “OKMK” esa “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 14 iyun, 22:18

    Aktrisa Fotima Rejametova o‘zini osib qo‘ygan qo‘shnisi yuzasidan murojaat bilan chiqdi (video)

    O‘zbekiston | 14 iyun, 22:02

    Ombudsman Toshkentdagi hibsxonada ayol uzoq vaqtdan beri saqlanayotganiga izoh berdi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 21:50

    50 daqiqalik suhbat: Putin va Tramp Yaqin Sharqdagi keskinlashgan vaziyatni muhokama qildi

    Dunyo | 14 iyun, 21:20

    ChatGPT’dan diniy savollarga javob olish joizmi? Musulmonlar idorasi javob berdi

    O‘zbekiston | 14 iyun, 21:18

    Tailand va Kamboja chegara mojarosini hal qilish uchun uchrashuv o‘tkazdi

    Dunyo | 14 iyun, 21:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.