2017-yilning iyunidan 2018-yilning sentabrigacha O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan ijro hujjatlari bo‘yicha 21,9 trillion so‘m miqdoridagi qarzdorliklarning undirilishi ta’minlandi, deb yozadi Spot. Bu avvalgi xuddi shunday davrga nisbatan 6,6 trillion so‘mga ko‘proq demakdir.
Byuro direktori Botir Qudratxo‘jayev bergan ma’lumotlarga ko‘ra, shuningdek, kommunal xizmatlar uchun byuro xodimlari tomonidan iste’molchilardan 29,5 trillion so‘m undirib olingan. Shuning 15,4 trillioni — elektr energiyasi, 13,2 trillioni — tabiiy gaz, 834,6 milliard so‘mi — suv iste’moli uchundir.
Izoh (0)