O‘zbekistonda tashrif bilan bo‘lib turgan Buyuk Britaniya parlamenti Lordlar palatasi a’zosi Lord Frederik Ponsonbi mamlakatdagi mahalla instituti haqida o‘z fikrlarini O‘zAga bayon qildi.
Bizda ham aynan sizdagidek bo‘lmasa ham mahallaga o‘xshash birlashmalar – ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tuzilmalari bor. Oilaviy masalalarga keladigan bo‘lsak, ochig‘i, biz o‘ta jiddiy vaziyatdagina uning ichki ishiga aralashamiz. Qachonki, farzand narkotik modda qabul qilishni boshlagan bo‘lsa, qonuniy yo‘l bilan ularga ko‘maklashishga harakat qilamiz.Kecha shahringizdagi ikkita mahallada bo‘ldik. An’anaviy hamda zamonaviy mahallalar. O‘sha yerning o‘zida bolalar o‘yingohlari, keksalar dam olish joylari, xullas, barchasi ajoyib! Biror muammo bo‘lsa, yugurib mahallaga chiqar ekansiz.
Mahalla maslakdosh ekan. Va, tabiiyki, mahalla faollari ham bu borada yordam beradi, bo‘lmasa bunchalik totuv munosabat, mukammal tizim yaratilmas edi. Bu bizga biroz erish tuyulsa-da, haqiqatda bu xalqingizning yutug‘idir. Bu borada aynan O‘zbekiston tajribasini dunyoga olib chiqishni taklif qilgan bo‘lardim.
Lord Frederik Ponsonbi, Buyuk Britaniya parlamenti Lordlar palatasi a’zosi
Izoh (0)