28-sentabr kuni Ostona shahrida “Rivojlanish maqsadida savdo va investitsiyalarni targ‘ib etish: Yevrosiyo nigohi” mavzusidagi yuqori darajadagi forum davomida O‘zbekiston tashqi savdo vaziri Jamshid Xo‘jayev Jahon savdo tashkiloti bosh direktori Robert Azevedu bilan muzokaralar o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Forumning maqsadi – investitsiyalarga ko‘maklashish sohasida JSTning yangi qoidalari bo‘yicha muloqotni targ‘ib etish.
Muzokaralar davomida Jamshid Xo‘jayev va Robertu Azevedu O‘zbekiston Respublikasining JST bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Jumladan, O‘zbekistonning ushbu tashkilotga a’zo bo‘lishi uchun kerakli hujjatlarni tayyorlash, respublika vakillarining tashkilot tadbirlarida ishtirokini kengaytirish va kun tartibidagi boshqa masalalar.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi jarayonining davom ettirilishi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017—2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasining Harakatlar strategiyasida davlatning savdo-iqtisodiy sohasida rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan.
Izoh (0)