Londonda yashovchi 13 yoshli Karanbir Chima yuragi to‘xtab qolishi oqibatida vafot etdi. Uning sinfdoshi hazillashib, unga bir bo‘lak pishloqni otgan, u esa bolaning futbolkasiga kirib qolgan, deb yozadi TJournal.
O‘spirinda bug‘doy, glyuten, barcha sut mahsulotlari, tuxum va yong‘oqqa nisbatan kuchli allergiya bo‘lgan. Maktab shifokori darhol maxsus ingalyatordan foydalangan, u Karanga yordam berishi kerak edi, ammo anafilaktik shok o‘tib ketmagan. Bolaning tomir urishi sekinlasha boshlagach, shifokor tez yordam chaqirgan. U yetib kelgunicha bolaga adrenalin ukol qilgan, yurak massajini bajargan, shuningdek, defebrilyatordan foydalangan.
Hayot uchun o‘n kun kurashgach, Karanbir mahalliy shifoxonada yuragi to‘xtab qolishi natijasida vafot etgan.
Izoh (0)