Germaniya kansleri Angela Merkel Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onnig Germaniyaga tashrifi munosabati bilan uyushtiriladigan davlat baketida ishtirok etmaydi. Bu haqda Spiegel nashriga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Nashr tomonidan qayd etilishicha, kansler bu darajadagi barcha tadbirlarga taklif qilinadi, biroq u barcha takliflarni ham qabul qilmaydi. So‘nggi marta Merkel Buyuk Britaniya qirolichasining 2015-yildagi tashrifi munosabati bilan uyushtirilgan bunday qabulga tashrif buyurgan. Shu bilan birga, kansler Xitoy prezidentining tashrifi munosabati bilan o‘tkazilgan qabulga ham kelmagan.
Ta’kidlanishicha, banketdan tashqari Merkel kamida ikki marta Erdo‘g‘on bilan uning 27—29-sentabrga rejalashtirilgan tashrifi vaqtida uchrashish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Izoh (0)