Jammu va Kashmirning Hindiston nazorati ostidagi hududlarida mamlakat armiyasi va isyonchilar o‘rtasida yuz bergan qurolli to‘qnashuv oqibatida besh nafar isyonchi va bir nafar harbiy halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Hindiston harbiylari va isyonchilar o‘rtasidagi to‘qnashuv Tangdxar tumanida yuz bergan.
Ayni paytda mazkur hududda harbiy operatsiya davom etmoqda.
Izoh (0)