Qozog‘istonning Olmaota shahri yaqinidagi Chimbuloq tog‘-chang‘i kurortida 24-sentabr kuni qalin qor tushdi, deb yozadi “Nur.kz”.
Ma’lum bo‘lishicha, shu kuni Olmaotada kuchli jala va do‘l kuzatilgan, tog‘larda esa havo sovib ketib, haqiqiy qish havosi hukm surgan.
Chimbuloqda harorat kechki payt taxminan 0 darajaga teng bo‘lgan bo‘lsa, tunda -1 darajagacha tushib ketgan.
https://www.instagram.com/p/BoG5Ze3gyyt/?utm_source=ig_embed
Izoh (0)