Farg‘ona shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri o‘rinbosari A.Eminov va viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi mutaxassisi A.Uzoqov xizmat mavqelaridan foydalanmoqchi bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Ular G.Mirzayevani Farg‘ona shahridagi 5-maktabgacha ta’lim muassasasiga ishga joylashtirish, ikki nafar farzandini ham shu muassasaga tarbiyalanuvchi sifatida olishni va’da qilib, evaziga 300 dollar so‘ragan.
Joriy yil 2-aprel kuni shahardagi “Barkamol avlod markazi” binosi yonida A.Uzoqov 300 AQSH dollarini G.Mirzayevadan firibgarlik yo‘li bilan olib, 3-aprel kuni ushbu summani A.Eminovga yetkazgan.
Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi tomonidan mazkur holat fosh etildi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Marg‘ilon shahar sudi raisi M. Ibragimov raisligida mazkur jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, ularga tegishli jazo tayinlandi.
Izoh (0)