Bu haqda “O‘zbekiston sovg‘alari” birinchi respublika ko‘rgazma-savdosining tantanali ochilish marosimida so‘zga chiqqan Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikromov ma’lum qildi, deya xabar beradi O‘zA.
Uning aytishicha, O‘zbekistonda hunarmandlar uchun yaratilgan imkoniyatlar o‘z natijasini bermoqda.
Joriy yilning 13—15-iyul kunlari AQSHning Nyu-Meksiko shtatidagi Santa-Fe shahrida o‘tkazilgan “Xalq san’ati xalqaro bozori” bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston 24 hunarmanddan iborat delegatsiya bilan ishtirok etdi.
Tadbirda 50 ta davlatdan 150 nafar hunarmand qatnashdi. O‘zbekiston ushbu yirik bozorda umumiy hisobda eng ko‘p mahsulot sotgan mamlakat bo‘ldi. Xalqaro bozorning o‘zidayoq sotilgan tovarlar miqdori 450 ming AQSh dollaridan ortiqni tashkil etdi.
Izoh (0)