“Qoradori—2018” tadbiri davomida Angrendagi xonadonlarning biridan ko‘p miqdorda giyohvandlik moddasi topildi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Xabar berishlaricha, Toshkent viloyatining Angren shahrida 18-sentabr kuni o‘tkazilgan “Qoradori-2018” tadbiri davomida M.A.ning uyidan 2,3 kilogramm “marixuana” giyohvandlik moddasi topilib, daliliy ashyo sifatida olingan.
“Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi vazirlik axborotida.
Izoh (0)