Toshkentda 24-sentabr kuni O‘zbekiston va Kuba Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
“TIVdagi uchrashuv davomida ikki tomon kun tartibidagi qator masalalar, jumladan, xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlik muhokama qilinishi kutilmoqda”, — deyiladi vazirlik axborotida.
Izoh (0)