Toyota kompaniyasi Land Cruiser 200 yo‘ltanlamasining yangi talqini taqdim etdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Mazkur talqin maxsus Excalibur seriyasining o‘rnini egallaydi va tashqi dizaynning takrorlanmas detallari, o‘ziga xos interyer va maksimal jihozlanish bilan ajralib turadi.
Modelni benzin yoki dizel yoqilg‘ili dvigatel va gidropnevmatik o‘q bilan xarid qilish mumkin.
Yangi Land Cruiser 200 avvalgi modeldan radiator panjarasi, bamper va orqa tomonni ko‘rsatuvchi oynaning farqliligi bilan ajralib turadi.
Bundan tashqari, avtomobil maxsus modelning farqlovchi timsoliga ega.
Izoh (0)