Gollivud aktyori Eshton Kutcher o‘z avtomobilida 19 yoshli o‘smirni urib yubordi. Yigit 40 yoshli aktyor uni o‘z Tesla’sida urib yuborganda yo‘l bo‘ylab samokatda ketayotgan edi. Bu haqda ”Korrespondent.net” xabar berdi.
Hodisani payqagan Kutcher mashinadan tushib, jabrlangan yigitga yordamga shoshilgan. Biroq hammasi yaxshilik bilan tugagan — yigit biroz lat yegan, xolos.
O‘z navbatida, o‘smir o‘zining oldida kim turganini tushunib, darhol birga suratga tushishni so‘ragan. Kutcher buni rad eta olmagan va kameraga qiziq yuz ifodasi bilan qaragan.
Izoh (0)