Rossiyaning Kachkara shahridagi oila va bolalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish markazi budjet mablag‘iga sotib olingan avtobusdan uni qayta jihozlash uchun mablag‘ning yetishmasligi sababli 10 yildan ortiq muddat davomida foydalanmadi. Bu haqda Sverdlovsk viloyati prokuraturasi xabar bergan.
Nazorat idorasining xabariga ko‘ra, bolalarni tashish uchun mo‘ljallangan avtobus ijtimoiy dastur doirasida 2007-yilda 700 ming rublga sotib olingan. Bu vaqt davomida avtobusni bolalarni tashishga moslashtirish uchun mablag‘ topilmagani sababli u foydalanilmagan.
Izoh (0)