• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkent viloyatida aktrisani vahshiylarcha o‘ldirib, uning jasadini kanalga oqizib yuborgan qotillarga sud hukmi o‘qildi (video)

    Toshkentda aktrisani qasddan o‘ldirib, jasadini kanalga oqizib yuborgan qotillarga qamoq jazosi tayinlandi. “Bir jinoyat izidan” ko‘rsatuvining navbatdagi sonida ushbu vahshiyona qotillik tafsilotlari ma’lum qilindi, deya xabar bermoqda UZ24 nashri.

    Fuqaro Nodira Ahmadqulova 2018-yilning 6-yanvar kuni Yunusobod tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, jiyani — qator seriallar va kliplarda turli rollarni ijro etgan aktrisa Nilufar Sultonova 2-yanvar kuni soat taxminan 12:00 da o‘zining Spark mashinasida uyidan chiqib ketib, bedarak yo‘qolganini ma’lum qilgan. Tekshiruv-surishtiruv ishlari davomida Nilufar so‘nggi bor Po‘latjon Turg‘unboyev bilan uchrashgani aniqlangan.

    Ma’lum bo‘lishicha, Po‘lat 2-yanvar kuni soat taxminan 16:00 atrofida Nilufar bilan uchrashadi. Unga do‘sti Bobur Umarovni G‘azalkentdagi uyiga olib borib kelishi kerakligini aytib, Nilufarni ham o‘zi bilan olib ketadi. Ular Po‘latning Epica mashinasida yo‘lga chiqadi. Ma’lum fursat yo‘l bosilgach, Po‘lat mashinani “Toshkent—G‘azalkent” yo‘lining ovloqroq bir joyida to‘xtatadi. Orqa o‘rindiqda o‘tirgan Bobur Nilufarning bo‘yniga sirtmoq solmoqchi bo‘lganida, qiz buni sezib qolib, mashinadan tushib qochishga urinadi.

    Qizni yana zo‘rlab mashinaga o‘tkazishadi — qarshilik qilgan Nilufarning o‘ng qo‘l bilak sohasiga pichoq urishadi. “Nilufar oshiq yigiti Po‘latga iltijoli boqib, undan yordam so‘raydi. O‘zini hech narsadan xabari yo‘qday ko‘rsatgan yigit qizni shifoxonaga olib borishga va’da beradi. Qon yo‘qotish natijasida holsizlanib borayotgan Nilufarning bo‘yniga orqa o‘rindiqda o‘tirgan Bobur yana sirtmoq soladi. Ojiz qolgan qiz unga qarshilik qilolmay qoladi. Oshig‘i Po‘lat esa uning qo‘lini ushlab turadi”, — deyiladi xabarda.

    So‘ngra ikki jinoiy sherik murdani mashinaning yukxonasiga solib, Nilufarning Spark mashinasi qoldirilgan joyga qaytib keladi. Murdani Epica’dan olib, Spark’ning yukxonasiga solishadi. So‘ng Spark’ni Po‘latning uyiga haydab ketishadi. O‘sha kuni soat 23:30 atrofida Nilufarning murdasi, jinoyat vaqtida ishlatilgan pichoq, arqon va boshqa ashyoviy dalillar bilan birga Toshkent viloyatidan oqib o‘tuvchi Damariq kanaliga oqizib yuboriladi. Nilufarning murdasi 12-yanvar kuni Damariqning Toshkent viloyati Toshkent tumani Ko‘ksaroy hududidan oqib o‘tgan qismidan topilgan.

    Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyati sudi hukmi bilan Po‘latjon Turg‘unboyev Jinoyat kodeksining 97-moddasi (“qasddan odam o‘ldirish”) 2-qismi “v”, “i”, “b” bandlari bilan 19 yil muddatga, 164-modda (“bosqinchilik”) 3-qismi “g” bandi bilan 14 yil muddatga, 227-moddasi (“hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish”) 2-qismi “a” bandi bilan 2 yil muddatga hamda 59-modda (“bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash”) bilan 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

    Bobur Umarov esa Jinoyat kodeksining 97-moddasi (“qasddan odam o‘ldirish”) 2-qismi “v”, “i”, “b” bandlari bilan 17 yil muddatga, 164-modda (“bosqinchilik”) 3-qismi “g” bandi bilan 12 yil muddatga, 227-moddasi (“hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni, avtomototransport vositalarining va ular tirkamalarining (yarim tirkamalarining) davlat raqam belgilarini egallash, nobud qilish, ularga shikast yetkazish yoki ularni yashirish”) 2-qismi “a” bandi bilan 2 yil muddatga hamda 59-modda (“bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash”) bilan 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.

    22.09.2018, 21:40   Izoh (0)   559654
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentning Qatortol ko‘chasidagi “Territoriya” restoranida yong‘in yuz berdi

    22.09.2018, 21:38

    Britaniya O‘zbekistondagi iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorligi bildirildi

    22.09.2018, 21:17

    Senat 27-sentabr kuni 16-yalpi majlisga yig‘iladi

    22.09.2018, 20:57

    Chiroqchida militsiya xodimiga 400 ming so‘m pora taklif qilgan fuqaro ushlandi

    22.09.2018, 20:36

    O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Ozodlik”ga javob qaytardi

    22.09.2018, 19:54

    Chilonzordan olib qochilgan mashina Toshkent viloyatidan topildi

    22.09.2018, 18:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 23:46

    Gretsiyada 4 kun ichida 242 ta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 23:39

    Madonna 66 yoshda: butun umr otasining roziligini izlagan va jannatdan haydalishdan qo‘rqqan qizaloqdan pop malikasi bo‘lishgacha bosib o‘tilgan yo‘l

    Musiqa | 16 avgust, 23:26

    AQSH g‘azoliklar uchun viza berishni to‘xtatdi

    Dunyo | 16 avgust, 23:15

    Afg‘onistonda soqol olgan erkaklar hibsga olinmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 22:55

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    Dunyo | 16 avgust, 21:27

    Superliga. “Nasaf” “Sho‘rtan”ni ishonchli hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 16 avgust, 22:44

    “Jamiyat bilan davlat o‘rtasida muloqot yo‘q” — Abdulla Abduqodirov O‘zbekiston rivoji uchun nimalar muhimligi haqida

    O‘zbekiston | 16 avgust, 22:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.