Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani Oqtunli qishlog‘ida yashovchi S.A. o‘ziga nisbatan rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnomaga muvofiq chora ko‘rmaslik va jarima maydonchasidagi avtomashinasini chiqarib berish hamda “S.Murodov” MFY hududidan paxta mahsulotlarini Chiroqchi tumaniga olib chiqib ketishida unga yordam berishini so‘rab, tuman IIB xodimiga 400 ming so‘m pulni pora sifatida taklif qilgan.
O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, militsiya xodimi bu haqda 20 sentyabr kuni o‘z rahbariga axborot bergan.
Natijada ushbu holat yuzasidan viloyat ichki ishlar hamda prokuratura organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro S.A. militsionerga uning xizmat xonasida 400 ming so‘m pulni pora sifatida berayotganida ushlangan.
“Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi IIV axborotida.
Izoh (0)