Buyuk Britaniya eksportni moliyalashtirish agentligi (UKEF) bosh ijrochi direktori Luis Teylor O‘zbekistonga tashrifi davomida ikki davlat o‘rtasidagi savdo-sotiqni faollashtirish masalalarini muhokama qildi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Teylor O‘zbekistonga ilk tashrifi davomida qator vazirlik va muassasalar rahbarlari bilan muzokaralar olib bordi. Shuningdek, mamlakatda ishlayotgan Britaniya kompaniyalari vakillari va mahalliy tadbirkorlar bilan uchrashdi.
“Biz qator masalalar, jumladan, iqtisodiy islohotlar va xorijiy investitsiyalarni muhokama qildik. Buyuk Britaniya mazkur tashabbuslarni istalgan usullar bilan qo‘llab-quvvatlashga tayyor”, — ta’kidladi Luis Teylor.
Ma’lumot uchun, aprel oyida Londonda UKEF va O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot fondi o‘rtasida respublikada investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun 1, 25 milliard funt sterling ajratilishini ko‘zda tutuvchi memorandum imzolangandi.
Izoh (0)