Germaniyada sud afg‘onistonlik qochoqni 15 yoshli qizni o‘ldirgani uchun sakkiz yilu olti oyga qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda Deutsche Welle xabar berdi.
Abdulla D.ning advokati ma’lum qilishicha, sud adolatli qaror chiqargan, jinoyatchining o‘zi ham shunga rozi bo‘lgan.
Ish keng qamrov olgan va Germaniya hukumatining muhojirlar siyosatiga nisbatan noroziliklar to‘lqinini ketirib chiqargan. Ba’zi fuqarolar hukmni yetarlicha qattiq emas, deb hisoblagan.
Sudlanuvchining so‘zlariga ko‘ra, jinoyatni sodir etgan vaqtda u 15 yoshda bo‘lgan, shuning uchun u voyaga yetmagan sifatida sudlangan. Biroq bu prokurorga shubhali ko‘ringan. Ayblov tomonidan buyurtma qilingan sud tibbiy ekspertiza 2017-yilda Abdulla D. 17—20 yosh oralig‘ida bo‘lganini ko‘rsatgan.
Qotillik 2017-yilning dekabr oyida yuz bergan, o‘shanda yigit tengdosh qizni shahar dorixonalaridan birida 20 santimetrli oshxona pichog‘i bilan pichoqlagan. Ayblov talqiniga ko‘ra, qotillikka rashk sabab bo‘lgan.
Izoh (0)