AQShning San-Bernardino (Kaliforniya shtati) noma’lum shaxs turar joy kompleksi yaqinida kishilarga qarata o‘t ochdi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar bermoqda.
Kamida 10 kishi yaralangani, ulardan uch nafari og‘ir holatda ekanligi bildirilmoqda.
Politsiya merganni qidirmoqda. Hodisa shahar markazidagi tungi klublardan birida ikki erkak mojarosidan so‘ng ro‘y bergani bildirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2015-yil qishida San-Bernardinoda ikki qurollangan erkak imkoniyati cheklangan kishilar markaziga hujum uyushtirgan va 14 kishining umriga zomin bo‘lgandi.
Izoh (0)