2012-yili Chikago aeroportida Istanbulga uchishdan oldin qo‘lga olingan o‘zbekistonlik Jamshid Muxtorov AQSh rasmiylari tomonidan 11 yil qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Associated Press ma’lum qildi, deya xabar beradi UZ24.
Muxtorov iyun oyida ayblovning uch bandi bo‘yicha, jumladan, shtab-kvartirasi Pokistonda bo‘lgan “Islom jihodi ittifoqi” terrorchi tashkilotiga moliyaviy ko‘mak berishga urinishda aybdor deb topildi. Mazkur tashkilot O‘zbekiston va Afg‘onistonda qator teraktlar tashkillashga aloqador sanaladi.
Jazoni o‘tab bo‘lganidan (uning shu paytgacha hibsda o‘tirgan 6 yili ham hisobga olinadi) co‘ng Muxtorov AQShdan badarg‘a qilinadi. Sudya Jon Keyn u Qo‘shma Shtatlar hududida zo‘ravonlik harakatlarini amalga oshirmagani va rejalashtirmaganini bildirdi.
Ma’lumot uchun, Jamshid Muxtorov 2007-yili O‘zbekistondan AQShga ko‘chib o‘tgan va siyosiy qochoq maqomini olgandi.
Izoh (0)