Qarag‘andaning Qozibekbiy tuman sudi noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash maxsus bo‘linmasining sobiq xodimini xizmat lavozimin suiste’mol qilish va firibgarlikda ayblab, 1 yil ozodlikdan cheklash jazosiga hukm qildi. Bu haqda “Nur.kz” xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, sobiq politsiya katta serjanti Qozog‘iston hududida noqonuniy bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarosidan har oyda 70 mingdan 110 ming tengegacha olib turgan. Homiylik bir yil atrofida davom etgan. Bu vaqt mobaynida politsiyachi jabrdiydadan 1 million 130 ming tenge undirishga ulgurgan.
O‘tgan yil noyabrida huquq-tartibot xodimi salomatligi pand berganligi tufayli ichki ishlar organlaridan bo‘shaydi, biroq bu unga pora olishda davom etishiga xalaqit bermaydi.
Sobiq politsiyachi qo‘lga olingandan so‘ng aybini to‘liq tan oldi va bu nisbatan yengil jazo tayinlanishiga sabab bo‘ldi.
Izoh (0)