Buyuk Britaniyaning HSBC banki tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot samolyotning har 50-yo‘lovchisi o‘z sevgisini parvoz vaqtida bortda uchratganini ko‘rsatgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Bunda ma’lum bo‘lishicha, yettita yo‘lovchidan bittasi bortda eng yaxshi do‘stini uchratadi.
Barcha yo‘lovchilarning faqat yarmi samolyotda o‘z qo‘shnisi bilan muloqotga kirishadi.
Yo‘lovchilarning 48 foizi agar qo‘shnisi oyoq kiyimini yechsa, dahshatga tushadi, 65 foizi esa bort kuzatuvchisi bilan qo‘pol munosabat yoki spirtli ichimlikni me’yoridan ortiqcha ichish sababli shunday holatni his qiladi.
Izoh (0)