Oʻzbekistonda ikki yilda bir marotaba oliy oʻquv yurtlari talabalari oʻrtasida matematika boʻyicha Muhammad al-Xorazmiy nomidagi xalqaro olimpiada oʻtkazilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Bosh vazir oʻrinbosari Aziz Abduhakimov maʻlum qildi, deya xabar beradi UzDaily.
Olimpiada Islom hamkorligi tashkilotining fan va texnologiyalar qoʻmitasi, shuningdek, boshqa xalqaro tashkilotlar koʻmagida oʻtkaziladi.
Ilk olimpiada Urganch shahrida joriy yil oktabrida boʻlib oʻtishi koʻzda tutilmoqda.
Oʻzbekiston jamoasining mazkur tadbirda munosib ishtirok etishi yuzasidan Fanlar akademiyasi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʻlim vazirligiga tegishli koʻrsatmalar berilgan.
Izoh (0)