Ko‘plab qushlarning tuxumlari notekis yuzadagi indan dumalab ketmasligi uchun bir tomoni o‘tkir shaklga ega bo‘ladi. Arktika qushlarining hayotini kuzatgan biologlar shunday xulosaga keldi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.
AQShning Illinoys universiteti olimi Mark Xauberning aytishicha, tuxumning o‘tkir va to‘mtoq tomoni o‘lchamlaridagi farq ularning tekis yuzada qanchalik tez dumalashiga kuchli ta’sir qiladi. Bundan tik qoyalar va qirg‘oqlarda tuxum qo‘yuvchi qushlarning tuxumlari nima uchun juda asimmetrik bo‘lishini tushunish mumkin.
Izoh (0)