Misrlik olimlar qadimiy Iskandariyaning g‘arbiy qismida kechki Ptolemeylar davriga oid bir nechta noma’lum tosh sag‘anani topdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Bu sag‘analar uzoq davr mobaynida qadimiy misrliklar tomonidan foydalanilgan, ularning katta qismi kambag‘allarniki bo‘lgan. Sag‘analar ichida ta’mirlash va kengaytirish ishlari olib borilgan. Bu esa sag‘analarning Iskandariya aholisi bir necha avlodi tomonidan foydalanilganini ko‘rsatadi.
Arxeologlar jamoasi shaharning g‘arbida yangi temiryo‘l qurilishi joyida olib borgan qazishmalar chog‘ida qadimiy qabrning katta qismini ochgan. Uning bir qismi Ikkinchi jahon urushi vaqtida buzilib ketgan.
Bu nuqtada olimlar birdaniga Kleopatra davrida qurilgan bir nechta arxitektura kompleksini topishga muvaffaq bo‘lgan. Ularning har biri bir nechta kichik sag‘analar to‘plamidan iborat bo‘lib, qoya ichida qurilgan.
Izoh (0)