Bugun, 27-avgust kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra, Prezident devoni tuzilmasida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berishi ma’lum bo‘ldi. “Kun.uz” manbasi ma’lumot berishicha, Prezident devoni Prezident administratsiyasi etib qayta tashkil etiladi va shu vaqtgacha Prezident ijroiya apparati rahbari-maslahatchi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Zaynilobiddin Shahobiddinovich Nizomiddinov administratsiyasi rahbari bo‘ladi.
Endilikda davlat maslahatchisi instituti tugatilgan, davlat maslahatchilari Prezident maslahatchilariga aylangan.
Sobiq davlat maslahatchilaridan Qahramon Quronboyev va Xayriddin Sultonov lavozimdan olinib, boshqa ishga o‘tkazilgan.
Quronboyev prezident devonida Fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash va sportni rivojlantirish masalalari bo‘yicha sektor rahbari Abdujabbor Abduvohidovga o‘rinbosar bo‘lgan.
Xayriddin Sultonov boshqargan xizmatini ayni paytda Abdujabbor Abduvohidov boshqarib turadi.
Sultonov spichrayter sifatida Prezident ma’ruzalarini tayyorlashda davom etadi.
Ishlar boshqarmasi ham tugatilib, uning o‘rniga yangi boshqarma tuzilgan. Prezident administratsiyasi faoliyatini ma’muriyat rahbari muvofiqlashtirib boradi.
Izoh (0)