Oʻzbekistonda 5703 ta tibbiyot muassasasining atigi 2105 tasi yoki 37 foizi markaziy kanalizatsiya tizimiga ulangan. Bu haqda Prezidentning “Oʻzbekiston Respublikasining sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot tizimini tubdan takomillashtirish toʻgʻrisida”gi farmoni loyihasida qayd etilgan, deya xabar beradi Sputnik.
112 ta kasalxonada esa umuman kanalizatsiya tizimi mavjud emas.
Tibbiy muassasalarning 58 foizi ichimlik suvi bilan taʼminlangan, 25 foizi artezian quduqlaridan suv oladi, 17 foiziga suv tashib keltiriladi.
Binolarning 30 foizi tabiiy gazga ulangan, 68 foizi koʻmir, yana 2 foizi suyuq yoqilgʻi bilan isitiladi.
Hisob-kitoblarga koʻra, 2245 ta tibbiy muassasa moddiy-texnik bazasi yaxshilanishga muhtoj. Buning uchun 7,7 trillion soʻm talab qilinishi bildirilmoqda.
Izoh (0)