Samarqandlik fuqaro o‘zaro janjal oqibatida o‘z ukasini pichoqlab o‘ldirib qo‘ydi. Bu haqda IIV jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
25-avgust kuni Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida yashagan R.T. qorin qismidagi tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan. Ammo ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 26-avgust kuni vafot etgan.
Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida 24-avgust kuni marhum R.T.ning shu qishloqda yashovchi akasi K.T. uyida o‘zaro janjal oqibatida uning qorniga qaychi bilan jarohat yetkazganligi aniqlangan va K.T. qo‘lga olingan.
Izoh (0)