Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko 12-sentabr kuni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.
Tashrif davomida ikki mamlakat o‘rtasida 20 ga yaqin hujjat imzolanadi.
24-avgust kuni esa Toshkent shahrida Belarus yozuvchisi Yakub Kolas haykalining ochilish marosimi o‘tkaziladi.
22-avgust kuni Belarus bosh vaziri o‘rinbosari Maxail Rusiy boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahriga keldi. Delegatsiya ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyaning oltinchi yig‘ilishida qatnashmoqda.
Izoh (0)