Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Kirov tumani sudi Olga Chernichkina ismi ayolni ikki yilga shartli ravishda ozodlikdan mahrum qilish haqida hukm chiqardi. Ayol ijtimoiy tarmoqda ekstremistik ruhdagi izohni joylashtirgan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Sudlanuvchi ayol 2016-yilning 13-dekabrida “Vkontakte” ijtimoiy tarmog‘iga nafrat va g‘azabni qo‘zg‘atishga qaratilgan izohlarni joylashtirgan. Sud ikki yilga shartli ravishda ozodlikdan mahrum etish ko‘rinishida jazo belgilagan.
Xabar berilishicha, o‘z aybini tan olgan ayolning izohida Kavkaz va Markaziy Osiyo vakillariga nisbatan zo‘ravonlik harakatlarini qo‘llashga chaqiruvlar bo‘lgan.
Izoh (0)