Rossiyada mahsulot oqimining salmoqli qismini qamrab oladigan markirovka tizimi ishlab chiqiladi. Bu haqda boʻlajak tizim operatori — Istiqbolli texnologiyalarni rivojlantirish markazi vakili maʻlum qildi, deya xabar beradi “Vedomosti”.
Mazkur markazning yarmi — 50 foizi Alisher Usmonov boshqaruvidagi USM Holdings, qolgan 25 foizdan ulushi esa “Rostex” korporatsiyasi va Almaz Capitalʻga tegishli ekanligi bildirilmoqda.
Tizimni yaratish xarajatlari 15 yilda 205,7 milliard rublga borishi taxmin qilinmoqda. Bunga davlat tomonidan mablagʻ kiritilishi koʻzda tutilmagan.
Xarajatlarni ishlab chiqaruvchilar va isteʻmolchilar qoplaydi. Markaz har bir markirovka qilingan mahsulot uchun yarim rubldan olishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)