Chechenistonda politsiya xodimlariga hujum qilish haqidagi koʻrsatma xorijdan ijtimoiy tarmoqlar orqali berilgan. Respublika rahbari Ramzan Qodirov Qurbon hayiti kuni Shali, Mesker-yurt va Grozniyda huquq-tartibot xodimlari hayotiga qasd yuzasidan olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari boʻyicha hisobotlarni tinglagandan soʻng shunday xulosaga keldi.
“Bu nafaqat huquq-tartibot xodimlari, balki butun chechen xalqiga nisbatan fitna. Ruhiyati shakllanmagan oʻsmirlarni ogʻir jinoyatlar sodir etishga jalb qilish chuqur oʻylangan va maqsadli koʻrinishga ega. Yollovchilar oʻz oldiga Rossiya jamiyatida hatto oʻsmirlarga ham ishonchsizlik, har bir 10-12 yashar bolada ehtimoliy terrorchi va oʻta xavfli jinoyatchini koʻrish tuygʻullarini shakllantirishni reja qilgan. Hech kimga va hech qachon xizmatning zalvorli yukini zimmasiga olgan politsiya xodimlari hayotiga qasd qilishiga imkon bermayman”, — deb yozadi Checheniston rahbari “VKontakte” ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida.
Eslatib oʻtamiz, bayram kunlari uyushtirilgan hujumlar oqibatida Shali shahrida ikkita politsiyachi jabrlandi, Grozniyda YPX xodimlari jarohat oldi. Jinoyatchilar yoʻq qilindi, ulardan biri jarohatlandi va omon qoldi.
Izoh (0)