Indoneziyaning Jakarta hamda Palembang shaharlarida XVIII Osiyo o‘yinlari davom etmoqda. Bugun, 21-avgust sanasida taekvondochilar ham janglarda ishtirok etdi, deb xabar beradi “Daryo” muxbiri.
Jumladan, +80 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Dmitriy Shokin final jangida ishtirok etdi. Shokinga finalda eronlik Said Rajabiy raqiblik qildi. Dastlabki uch raundda kuchlar teng keldi. “Oltin bo‘lim”da esa eronlik sportchi 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Shokin shu tariqa ikkinchi bor Osiyo o‘yinlarining kumush medali sohibiga aylandi.
Ma’lumot uchun, avvalroq ayollar o‘rtasida O‘zbekiston nomidan +67 kg vaznda jang qilayotgan Svetlana Osipova bronza medaliga ega chiqqan edi.
Izoh (0)