Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarining uchinchi kunida o‘zbekistonlik sportchilar yunon-rum kurashi bo‘yicha ham bahslarga kirishdi, deb xabar beradi “Daryo” muxbiri.
Jumladan, -60 kg vaznda gilamga chiqqan Islombek Bahromov nimchorak finalda Xitoy taypeyilik raqibini 10:0 hisobida mag‘lub etib, chorak finalga chiqdi.
-67 kg vaznda O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Yelmurat Tasmuradov turkmanistonlik raqibini 9:0 hisobida mag‘lub etib, keyingi bosqich masalasini hal etdi.
Izoh (0)