Indoneziyaning Jakarta hamda Palembang shaharlarida XVIII Osiyo o‘yinlari davom etmoqda. Bugun, 21-avgust sanasida taekvondochilar ham janglarda ishtirok etyapti, deb xabar beradi “Daryo” muxbiri.
Jumladan, +80 kg vazn toifasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Dmitriy Shokin yarim finalga chiqdi. Shokin chorak finalda hindistonlik Akshay Kumarni 15:1 hisobida mag‘lub etdi.
Ayollar o‘rtasida O‘zbekiston nomidan +67 kg vaznda jang qilayotgan Svetlana Osipova kambojalik raqibasini yengib, yarim final yo‘llanmasiga ega chiqdi.
Svetlana endi final yo‘llanmasi uchun qozog‘istonlik Denis Kanselga qarshi kurash olib boradi. Dmitriy Shokin esa BAA vakili Kattan Hamzaga qarshi dayanga chiqadi.
Mazkur bahslar Toshkent vaqti bilan 13:00 da boshlanadi.
Izoh (0)