Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarining uchinchi kunida o‘zbekistonlik sportchilar og‘ir atletika bo‘yicha ham kurashga kirishdi, deb xabar beradi “Daryo” muxbiri.
-62 kg vaznda O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Adhamjon Ergashev dast ko‘tarishda 136 kg, siltab ko‘tarishda 162 kg toshni o‘ziga bo‘ysundirib, 298 kg natija bilan uchinchi o‘rinni egalladi va Osiyo o‘yinlari—2018 ning bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Bahslar davom etmoqda.
Izoh (0)