Daniya rasmiylari yuzni yopib turuvchi kiyim kiygan ayollarni jarimaga torta boshladi — tegishli qonun 1-avgustdan kuchga kirdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Xyorsolm shahrida savdo markazining eskalatorida janjallashib qolgan niqobli (faqat ko‘zlari ochiq) ikki ayol qo‘lga olingan. Ular politsiyaga yetkazilgan va u yerda ayollarning har ikkalasi 1 ming Daniya kroni (160 dollar atrofida) miqdorida jarimaga tortilgan.
3-avgust, juma kuni Kopengagen va Orxusda norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi. Aksiya ishtirokchilari qonunni bekor qilishni talab qilgan. Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, namoyishda 1,3 mingga yaqin odam qatnashgan.
Yuzni yopib turuvchi kiyim kiyishni taqiqlovchi qonun Daniya parlamenti tomonidan iyul oyi oxirida qabul qilingan edi. 1-avgustdan qoidabuzarlarga nisbatan 1 ming kron miqdoridagi (birinchi qoidabuzarlik uchun), uch va undan ortiq qoidabuzarlik uchun 10 ming krongacha (1,6 ming dollar) jarima tahdid qiladi.
Bu kabi qonunlar allaqachon Avstriya, Bolgariya, Fransiya, Belgiya va Shveysariya kantonlaridan birida amal qiladi.
Izoh (0)