Shveysariya Alp tog‘larida JU-Air aviakompaniyasining uncha katta bo‘lmagan JU-52 HB-HOT samolyoti quladi, deya xabar bermoqda Meduza.
Samolyot bortida 17 yo‘lovchi va ekipajning uch a’zosi bo‘lgan. Mahalliy OAV axborotiga ko‘ra, ularning bari — 20 kishi halok bo‘lgan.
Aviahalokat 4-avgust kuni Graubyunden kantonida yuz bergan. Samolyot Lokarnodan Dyubendorfga uchib ketayotgan edi.
JU-52 HB-HOT halokati sabablarini aniqlash maqsadida aviakompaniya shu turdagi barcha samolyotlarning parvozlarini bekor qildi.
JU-Air aviakompaniyasiga 1982-yilda asos solingan. U o‘z vaqtida Shveysariya harbiy-havo kuchlari tomonidan foydalanilgan kolleksion samolyotlarda ekskursion-sayyohlik reyslarini taklif qiladi.
Izoh (0)