AQShning Oklaxoma shtati shimolida yengil motorli samolyot qulashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Extra EA400 samolyoti Ponka shahri aeroportidan parvoz qilganidan so‘ng halokatga uchragani bildirilmoqda. Qulashdan so‘ng havo kemasi yonib ketdi.
Politsiya halokatdan so‘ng omon qolganlar bo‘lmaganini bildirdi. Samolyot 6 kishiga mo‘ljallangandi.
Izoh (0)