KXDR mamlakat yetakchisi Kim Chen In va AQSh prezidenti Donald Trampni Shveysariyada uchrashtirish payida, deb xabar beradi “TASS”.
Qayd etilishicha, Pxenyan AQSh va KXDR yetakchilarining uchrashuviga, shuningdek Xitoy va Janubiy Koreya ishtirokidagi uchrashuvlarni tashkillashtirish uchun mos keluvchi mehmonxona, konferens-zallar haqida ma’lumot olish maqsadida diplomatlarni Bern, Davos va Jenevaga yuborgan.
Tramp va Kim Chen In birinchi marta 12-iyun kuni Singapurda uchrashgan edi.
Izoh (0)