Yevropa Ittifoqi kengashi Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalarning amal qilish muddatini uzaytirdi. Bu haqda kengash axborotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Iyul oyida o‘z kuchini yo‘qotishi kerak bo‘lgan cheklovlar 2019-yilning 31-dekabriga qadar uzaytirildi.
Bu qaror Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya kansleri Angela Merkelning Yevropa kengashida 28—29-iyun kunlari so‘zlagan nutqlaridan keyin qabul qilingan. Unda Minsk kelishuvlarining bajarilishi haqida gap borgan, sanksiyalar ham aynan shu kelishuvlar bilan bog‘liq.
Rossiya TIV tomonidan qayd etilishicha, Yevropa Ittifoqi sanksiyalarni uzaytirish orqali Rossiya bilan munosabatlardagi o‘z yondashuvini qayta ko‘rib chiqish imkonini boy berdi.
Izoh (0)