AQShning Massachusets shtati Norvud shahrida yashovchi Artur MakKen Mustaqillik kuni munosabati bilan urush qatnashchilariga o‘zgacha usulda hurmat bajo keltirdi, deb xabar beradi Forum Daily.
U o‘z hovlisidagi maysazorni ulkan Amerika bayrog‘iga aylantirdi. Buning uchun erkak daladagi ishlarda qo‘llaniladigan bo‘yoqlardan foydalandi.
MakKenning aytishicha, bayroq bir necha oy mobaynida shunday saqlanadi. O‘tlar biroz o‘sganidan keyin esa bo‘yoqlar tekkizilgan qismini biroz kaltalatishga to‘g‘ri keladi.
Ulkan bayroqning uzunligi 9 metr, eni esa, 6 metrni tashkil etadi. MakKen bayroqni yaratish uchun ikki soat vaqt sarfladi.
MakKenning bobosi Ikkinchi Jahon urushida Amerika flotida xizmat qilgan. Arturning so‘zlariga ko‘ra, bu vatanga xizmat qilganlar xotirasiga hurmat bajo keltirishning o‘zgacha usulidir.
Izoh (0)