Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Tolibon” jangarilari Afg‘onistonning Tohar viloyatida, Tojikiston bilan chegarada joylashgan Oyxonum portini egalladi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Oyxonumga hujum 30 iyun, shanbaga o‘tar kechasi uyushtirilgan. “Tolibon” jangarilari chegara politsiyasining ikki xodimini o‘ldirib, uch nafarini yarador qilgan, besh chegarachini garovga olgan.

Hujum davomida to‘rtta politsiya mashinasi yoqib yuborilgan.

30 iyun kuni Afg‘oniston prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani Ramazon Hayiti munosabati bilan e’lon qilingan hukumat va “Tolibon” o‘rtasidagi o‘t ochishni o‘zaro to‘xtatish haqidagi sulh yakuniga yetganini e’lon qilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Afg‘on xalqining sabri bilan o‘ynashmang” — “Tolibon” qo‘mondonlaridan biri Eronni bosib olish bilan tahdid qildi  
Dunyo
Xitoyda qayta avj olishi kutilayotgan kovid, 3-marta saylangan Erdo‘g‘on, bir oydan beri namoyish o‘tkazayotgan hind sportchilari — 29-may suratlari
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi oshdi