Rossiyadagi eng boy merosxo‘r “Lukoyl” kompaniyasi egasi Vagit Alekperovning o‘g‘li Yusuf bo‘ldi. Forbes reytingiga ko‘ra, unga qoladigan meros 8,9 milliard dollarni tashkil qiladi. Bu haqda Regnum xabar berdi.
Ikkinchi o‘rinni Leonid Mixelsonning bolalari, uchinchi o‘rinni esa Andrey Melnichenkoning bolalari egallagan.
Rossiyadagi milliarderlar soni 102 taga teng bo‘lib, ularga tegishli boylikning umumiy miqdori 403 milliard dollarni tashkil qiladi. Forbes ro‘yxatiga Rossiyaning faqat 20 ta eng boy oila kiritilgan.
Izoh (0)