Nigeriyaning Lagos shahridagi ko‘prikda yoqilg‘i sisternasi yonib ketdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Yong‘in boshqa mashinalarga ham tarqagan. Hodisa oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi. To‘rt kishi og‘ir jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Hodisa Odetola ko‘prigida yuz bergan. Qutqaruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, hodisa joyidan to‘qqiz kishining kuyib ketgan tanasi topilgan.
Yong‘in hammasi bo‘lib 54 ta avtomobilga zarar yetkazgan.
Izoh (0)