Yevropa Ittifoqi a’zo mamlakatlarining yetakchilari Rossiyaga qarshi iqtisodiy sanksiyalarni uzaytirishga qaror qildi. Bu haqda Reuters’ga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, rasmiy bayonot yaqin vaqt ichida e’lon qilinadi.
Ta’kidlanishicha, Yevropa Ittifoqi yetakchilari Rossiyaga qarshi sanksiyalarni olti oyga uzaytirishga qaror qilgan.
Avvalroq Polsha bosh vaziri Mateush Moravetski Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni uzaytirishni qat’iy talab qilayotgani xabar qilingan. U Bryusseldagi sammit chog‘ida Varshavaning pozitsiyasi bu masalada “juda qat’iy” ekanligini ma’lum qilgan.
Izoh (0)