KXDR rahbari Kim Chen In AQSh prezidenti Donald Tramp bilan sammit chog‘ida Shimoliy Koreya hukumati Pxenan-Pukto provinsiyasidagi Soxe (Tonchxan-ni) nomi bilan mashhur obyektni yo‘q qilish majburiyatini olgan, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Ushbu poligonda Shimoliy Koreya harbiylari “Xvason-15” qit’alararo raketasini sinagan, u KXDR rasmiy shaxslari da’vo qilishicha, o‘ta katta yadro jangovar kallagini tashishi mumkin.
CBS News manbalariga ko‘ra, Shimoliy Koreya tomoni aynan shu obyektni yo‘q qilish majburiyatini olgan, bunday kelishuvga 12-iyun kuni Singapurdagi Vashington va Pxenyan sammitida erishilgan.
Izoh (0)